Yangiliklar

img
Wed, 04/26/2023 - 15:45

Yosh olimlarning ilk odimlari

2023-yilning 26-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan an'anaviy  "Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. 
Anjuman oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish  va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish  va mamlakatimiz hamda jahonda filologiya sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili tashkil etiladi. 
Bu yilgi konferensiyada ham tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik,  o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, amaliy filologiya sohalari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar faol ishtirok etishdi. Anjuman yalpi majlisida so'zga chiqqan universitetni strategik rivojlantirish bo'yicha rektor masalahatchisi Nodir Jo'raqo'ziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Odina Jamoliddinova, professorlar Nurboy Jabborov, Ziyoda Teshaboyeva, Gulshan Asilovalar talaba yoshlarni zamonaviy tadqiqot metodlari asosida ilmiy izlanishlar olib borishga, bu borada o'zaro raqobatlashishga, ilmiy ishlarning saviyasi va sifatini ko'tarishga chaqirdi. 


Universitetda professorlarning o'z shogirdlarini ilmiy faoliyatga yo'naltirishi borasida yaxshi tizim yo'lga qo'yilgani, uzluksiz ravishda iqtidorli talabalarni oliy ta'limdan keyingi ta'limga jalb etilayotgani o'z samarasini bermoqda. Yildan yilga universitetning ilmiy salohiyati ortib bormoqda, ushbu an'anaviy konferensiyaning ilk majlislarida faol ishtirok etgan yoshlar bugun yurtimizning turli OTMlarida pedagogik faoliyatlarini olib borishga, ilmiy daraja olishga ham ulgurgan. Bu esa Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda yo'lga qo'yilgan ilmiy jarayonning samarasidir.


Konferensiyaga kelib tushgan maqolalar o‘rtasida “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlari bo’yicha g'oliblar aniqlanib, taqdirlandi.