Yangiliklar

img
Wed, 04/13/2022 - 17:43

"Yosh kitobxon" g'olibini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 13-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh kitobxon” Respublika ko’rik-tanlovi g’olibalarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurov, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo’raqulovlar so’zga chiqib, go’libalarni tabriklashdi. Ustozlar ularni tabriklash barobarida, barcha qatnashchilarga kitob mutolaasining muhim va foydali ekanligini alohida ta’kidlab o’tishdi.

Biroz oldin,  universitetimizning 3 nafar talabasi 2022-yilning aprel oyida o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman, viloyat hamda Respublika bosqichlarida faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallashganini xabar qilgan edik. O’zbek filologiyasi fakultetining 4-kurs talabasi Sevinch Avazova eng oliy mukofot Prezident sovg’asi “Spark” avtomobilini , Mohichehra Suyunboyeva 10 mln. so’m hamda O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti 2-bosqich talabasi Iroda Safayevaning 10 mln. so'm pul mukofotini qo’lga kiritgani universitetimiz uchun katta xushxabar bo’ldi.

Yutuq, g’oliblik nafaqat Sevinch, Iroda va Mohichehraniki, balki butun universitet uchun ham faxr-iftixordir. Universitet jamoasi g’olibalarga ulkan omad, zafarlar tilab qoladi va barcha talabalar bunday yutuqlarga qodir ekanligiga ishonch bildiradi.