Yangiliklar

img
Wed, 12/06/2023 - 14:26

Xotin-qizlarga nisbatan tayziq va zo‘ravonlikni bartaraf etish

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Oliy Majlis senati  hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Xotin-qizlarga nisbatan tayziq va zo‘ravonlikni bartaraf etish" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova, Yakkasaroy tumani  IIO FMB XPB XKMB katta inspektori, podpolkovnik Gulnora Parpiyeva ishtirok etishdi. Zo‘ravonlik – nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan mamlakatlarda ham uchrashi mumkin. Bu muammoga barham berish maqsadida dunyo bo‘ylab jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik, avvalo, inson huquqlariga putur yetkazadi, – dedi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyeva. – Jamiyatimizdagi eskicha qarashlardan, stereotiplar va kamsitishlardan voz kechish vaqti keldi. Bu borada zo‘ravonlik sodir etganlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq jazo borligini tushuntirish maqsadida keng qamrovli ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borish zarur. Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish kerak.

  

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida eng quyi bo‘g‘in – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim yaratildi.

  

Qonun bilan xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik holatlarining oldini olishning kuchli tizimi yaratildi hamda bunday turdagi harakatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.  

Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni qonunga alohida jinoyat sifatida kiritgani xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi.