Yangiliklar

img
Wed, 01/17/2024 - 16:58

Xorijlik ko'ngillilar o'zbek tilini o'rganmoqda

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU nafaqat mamlakatimizda , balki butun dunyoda ham o‘zbek tili va adabiyoti sohasida yetakchi bilim maskani hisoblanadi. 
Universitetimiz tashkil topilganidan to shu kunga qadar bir nechta xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Xususan, 2022-yilda KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, ushbu tashkilotdan tashrif buyurgan koreys millatiga mansub ko'ngillilarga o‘zbek tili va madaniyatini o'rgatish ham belgilandi. Shu kungacha bir nechta ko'ngillilar guruhi universitetimizda milliy tilimiz va madaniyatimizni o'rganishga muvaffaq bo'lishdi. 2024-yilning 15-yanvaridan boshlab yana 9 nafar koreyalik ko'ngilli o'zbek tilini o'rganishni boshladi. Ular bir oy davomida o'zbek tili (A1,A2 darajada) va madaniyatini o'rganadilar. Ular uchun "O'zbek maktabi"ning tajribali o'qituvchilari ko'magida, unikal darslik yordamida intensiv til kurslari va maxsus dastur ishlab chiqilgan.