Yangiliklar

img
Mon, 12/13/2021 - 00:31

Xorijiy o‘quv adabiyotlar bo'limi tashkil etildi

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilning 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Bu masala bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish” agentligi tashkil etildi.

Ushbu qarorning ijrosi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda universitetning axborot-resurs markazi qoshida “Xorijiy o‘quv adabiyotlar bo‘limi tashkil etildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti axborot-resurs markazi qoshida tashkil etilgan “Xorijiy o‘quv adabiyotlar bo‘limi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning “Хorijiy tillar” hamda “Madaniyatlararo muloqot va turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida prorektor Zaynobiddin Abdurashidov bu bo‘limdagi yig‘ilgan kitoblarning naqadar dolzarbligi hamda xorijiy til o‘rganuvchilari uchun ulkan sovg‘a bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani Anvar Sayfullayev ushbu8 kutubxonaga barcha xorijiy til o‘qituvchilarini kelib o‘z ustilarida ishlashga undadi. Keyingi navbatda universitetimizning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova ham ushbu kutubxonaning ayni zamon talablariga mos ravishda ochilganligi haqida gapirdi. Universitetimizning xorijlik hamkorlar bilan samarali ishlayotganligi misoli tariqasida mazkur kutubxona AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilganini ta’kidlab o‘tdi.