Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi yutuqlari

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tarkibidan 3 nafar a`zolari – Elnara Bagavova, Ilhom Xolmo`minov hamda xorijlik talaba (Xitoy xalq Respublikasi) Li Didilar  dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli yoqlab, Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olishdi.
Kafedra tashabbusi bilan joriy o`quv yilining 25-26-sentabr kunlarida “Zahriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o`rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi. Konferensiyada AQSh, Yaponiya, Pokiston, Fransiya, Rossiya, Italiya, Eron kabi davlatlardan tashrif buyurga olimlar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etdilar.   
Xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va tajriba almashinish maqsadida Kaliforniya Universiteti professori Jeyni Aydin, Pokistonning Panjob Universiteti professori Abbas Said Qamar tomonidan onlayn seminar darslari tashkil etildi. 

Kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan joriy yilda ilmiy va badiiy nashrlar borasida salmoqli ishlar bajarildi. Jumladan:

  • - Teshaboyeva Ziyodaxon Qodirovnaning “Boburnomadagi frazeologik birliklarning o`zbekcha-ruscha-inglizcha lug`ati”, “Inglizcha-o`zbekcha-ruscha siyosiy atamalar lug`ati”, “Boburnomadagi frazeologik birliklar va paremiyalarning inglizcha tarjimalari lug`ati”, “Boburnomaning lisoniy jozibasi ingliz tarjimonlari talqinida” nomli monografiyasi nashrdan chiqdi. 
  • - Teshaboyeva Ziyodaxon Qodirovnaning mas`ul muharrirligida “Ilmiy texnik tarjima” metodik qo`llanmasi, “Scholars of translation studies” (B.A.Xoliqov, U.A. Egamberdiyeva) tarjima yo`nalishi talabalari uchun nazariy-ilmiy qo`llanma, “Qor o`lkasi” (Yasunari Kavabata. Ravshanova Madina Ulug`bekovna tarjimasi) romani chop etildi. 
  • - Umida Egamberdiyevaning “Famous translators and their creativity” qo`llanmasi Temirova Nigina rahbarligida nashr etildi. 
  • - “A journey through literary translation” qo`llanmasi magistratura talabalari Abdazova Gulsanam, G`offorova Nazokat, Muxitdinova Diyoralar tomnidan chop etildi. 

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Teshaboyeva Ziyodaxon Qodirovna DSc. professor, Bagavova Elnara Rafikovna PhD dotsent, Turdiyeva Hulkar Komilovna PhD dotsent va bakalavr bosqichi talabasi Egamberdiyeva Umida Akmalovnalarga guvohnomalar berildi. 
Shu bilan birgalikda bir qator talabalar xalqaro almashinuv dasturlari asosida chet el universitetlarida tehsil olish uchun grant sohibi bo`ldilar. Allanazarova Barchinoy (English and American studies. Master degree.)  va Rahimjonova Zuhra (National Scholarship Programme of the Slovak Republic) shular jumlasidandir.