Yangiliklar

img
Fri, 01/14/2022 - 15:44

Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasida ishlash tamoyillari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari uchun seminar o’tkazilgan bugungi trening "Scopus" xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasida ishlash tamoyillari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. 
Seminarda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo'limi boshlig'i N.Jo'raqo'ziyev ma'ruza qildi. Seminarda asosiy e’tibor  "Scopus" xalqaro bazasidagi jurnallar ro'yxatini qanday olish, bazadan chiqib ketgan jurnallarni qanday aniqlash masalalariga batafsil  to'xtalib o'tildi. Shuningdek, bazadan sohaga tegishli eng so'nggi natijalarni yuklab olish va ularga ishlov berish masalasi tavsiyalar berildi. 
Seminarda 70 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.