Wed, 04/24/2024 - 10:25
Samarqandga sayohat
Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi.
Joriy yilning 21-mart kuni Oʻzbek filologiyasi fakultetining 63 nafar iqtidorli talabasi tyutorlar boshchiligida Samarqand shahriga sayohat qildilar.
Talabalarimiz Samarqandda joylashgan "Go'ri Amir", "Registon", "Bibixonim saroyi", "Shohi zinda" ziyoratgohlari va Ulug'bek rasadxonasida bo'ldilar.