Yangiliklar

img
Tue, 01/10/2023 - 18:04

RASMIY XABAR

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti  universitetining ichki imkoniyatlari, ob-havoning hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlar inobatga olingani holda reja-grafik asosida o‘quv jarayoni boshlanishini ma’lum qilamiz.

Bunda kunduzgi, kechki ta’lim shakllari, magistratura  mutaxassisliklari uchun universitetga kelish imkoniyati bo‘lgan talabalarga 11-yanvardan boshlab maxsus kurslar, yakuniy nazorat haftaligiga tayyorgarlik (jadval asosida konsultatsiya va qo‘shimcha darslar) olib boriladi. 

Yakuniy nazoratlar barcha kurslarda 20-yanvardan boshlanadi.
Universitet talabalar turar joyi odatiy tarzda ishlashini ma'lum qilamiz.
Respublikamizning olis hududlaridan kelib taʼlim oladigan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 20-yanvarga qadar konsultatsiya va qo‘shimcha darslar "masofaviy" shaklda tashkil etiladi. Masofaviy dars jadvallari universitet rasmiy veb saytida e'lon qilinadi.