Yangiliklar

img
Sat, 12/18/2021 - 15:34

Qozog'istonning nufuzli Universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Qozog'istonning Astana xalqaro universiteti professori Serik Nurkenov va Shokarim universiteti mas'ul vakili Shirin Kauanovalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.  Ularni universitetning o'quv ishlari bo‘yicha prorektori Sulton Normamatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zaynobiddin Abdurashidov, O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va Xalqaro bo'lim mas'ul xodimlari kutib oldilar. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad o'zaro qardosh va yaqin qo'shni sanalgan ikki davlat universitetlari o'rtasida hamkorlik o‘rnatish, ilmiy salohiyatni oshirishda birgalikda faoliyat olib borishdan iboratdir. Jumladan,  turkiy xalqlar til va adabiyotini targ'ib qilish masalalariga oid qator anjumanlar tashkil etish, hamkorlikda talabalarni yozgi maktablarga jalb etish, professor-o'qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlari uchun sharoitlar yaratish hamkorlikning asosiy vazifalaridir.
Tez orada ushbu memorandumda ko'zga tutilgan vazifalar amaliy natijasini ko'rsatadi.