Yangiliklar

img
Sat, 09/23/2023 - 16:59

O'zbekning otashnafas shoiri

O'zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi aadbiyot muzeyi, O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.  Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Zamonaviy she`riyatni o‘rganishning dolzarb masalalari” deb nomlanib, unda yurtimizning atoqli olimlari, shoir va yozuvchilar, yosh qalamkashlar va shoir ijodining muxlislari ishtirok etdilar. 


Anjuman yalpi majlisida so'zga chiqqanlar buyuk shoir Rauf Parfi o'zining qisqa umri davomida juda qizg'in ijod qilgan. Uning she'rlarida millat birligi, ilohiy tuyg'ular tarannumi, ezgulik tanatanasi madh etiladi. Rauf Parfi nafaqat o'zbeklar uchun, balki barcha turkiy qardosh xalqlar uchun ham birdek sevimlidir. Uning she'rlarini hech qanday tarjimonsiz ham barcha turkiylar tushunadi. Sababi shoir o'z she'rlarida juda ko'p turkiy so'zlarni qo'llashga intildi. O'zi ham aynan O'zturk taxallusi bilan she'rlar bitdi.


Tadbirda so'zga chiqqanlar shoir she'rlaridan namunalar o'qib, uning ijodiga doir  ilmiy yondashuvlarini ham bayon etdilar.