
O‘zbekistonimiz xorijlik talabalar nigohida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijliklar talabalar tayyorlov kurslarida tahsil olishmoqda. Avval xabar berilganidek, koreyalik volontyorga o‘zbek tilidan saboq berilyapti. Darslarning faqat universitet hududida emas, balki istirohat bog'lari, turli xil ko'ngilochar maskanlarda ham o'tilayotgani xorijlik talabalarimizning milliy urf-odatlarimiz, yurtimizning ko'rkam tabiatiga bo'lgan qiziqishini orttirayotgani tabiiy. Joriy yilning 10-mart kunida dars mashg‘uloti Toshkentning eng go‘zal “Navro‘z” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Koreyalik talabaga ushbu bog‘da jamlangan O‘zbekistonning barcha viloyatlari, ularning tarixi, milliy urf-odatlari, kiyim-kechaklari, asbob-uskunalari, uy-ro‘zg‘or anjomlari haqida barcha ma’lumot berildi, shuningdek, bog'da ko'rganlarining o‘zbek tilidagi nomlari lug‘at shaklida o‘rgatildi. Milliy tilimizni o'rgatish uni o'rganish qulay bo'lgan muhitda hamda madaniyatimiz bilan chambarchas holatda o'rgatilayotgani koreyalik talabamizning bilimlarini oshirishda yordam beryapti.