Yangiliklar

img
Fri, 07/28/2023 - 03:28

O'zbekcha Vikipediyani birgalikda rivojlantiramiz

So'nggi yillarda internet olamida o‘zbekcha matnli ma’lumot va videokontentlarni ko‘paytirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham ijobiy natijalar qo'lga kiritilmoqda. Ayniqsa, Vikipediya elektron ensiklopediyasidagi o'zbekcha kontentni boyitish, mamlakatimiz to'g'risida aniq va haqqoniy bilimlarni berish juda muhimdir. Shu maqsadda tashkil etilgan "Wikita'lim" loyihasi haqida bugun ko'pchilik eshitgan. Universitetimizda ham bu boradagi ishlarni samarali yo'lga qo'yish uchun yetarli imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, talabalarimiz tomonidan shu kungacha Vikipediyaga joylangan sifatli maqolalar soni va salmog'i oshyapti. Oʻzbekcha Vikipediya adminstratorlari universitetimiz nomidagi “Navoiy uni” sahifasini “adabiyotshunoslar, adabiyotga aloqador taniqli shaxslar va navoiyshunoslik turkumidagi maqolalar bilan oʻzbek tilidagi maʼumotlarni boyitib borayotgani” uchun Adabiyot ordeni bilan taqdirladi. Kuni kecha universitetimiz talabasi Kamola Abdug‘aniyevaning kiritgan maqolasi administratorlar tomonidan eng yaxshi maqola deb topildi.
Kamolaning aksar maqolalari universitetdagi fanlardan berilgan uy vazifalariga asosan tayyorlangan. U uy vazifalarini tayyorlash mobaynida to'plagan ma'lumotlarini maxsus maqola holatiga keltirib, Vikipediyaga joylaydi. Uning ensiklopedik ahamiyati yuqori bo'lgan maqolalari soni 200 dan ortiq. Biz Kamola singari jamiyat rivojiga kichik bo'lsa-da o'z hissasini qo'shayotgan talabalarimiz bilan faxrlanamiz.14:00