O'zbek tilshunosligi kafedrasi yutuqlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ToshDOʻTAU professori Xolmonova Zulxumor Turdiyevnaga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvonini topshirdi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, sport, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ,  samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Dadaboyev Xamidulla Aripovich  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 
2021-yil 15-martda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan Ozarbayjon FA Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti, Turkiya Jumhuriyatining Anqara universiteti, Otaturk universiteti, Pamukkale universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti, Oltoy jamoalari til va madaniyatlari ilmiy va amaliy markazi hamda Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati bilan hamkorlikda “O‘zbek mutafakkirlarining til nazariyasiga oid qarashlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil etildi. Anjumanda turkiy dunyoning taniqli olimlari turli mavzulardagi qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Anjumanda yurtimizda kamol topgan, dunyo tamadduniga salmoqli ulush qo‘shgan ajdodlarimizning buyuk xizmatlari e’tirof etildi, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, hamkorlikning yangi rejalari tuzildi.
25-may kuni Toshkent shahridagi 77-sonli Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ToshDO‘TAU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan grant loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti olimlari, prof. Dadaboyev Hamidulla Aripovich tomonidan  tayyorlangan “Oʻzbek harbiy terminologiyasi” oʻquv qoʻllanmasi nashrdan chiqdi.
2021-yil 8-iyun kuni kafedra dotsenti, filologiya fanlari doktori Qurbonova Munavvara Abdujabbarovnaning “O‘zbek nutq sintezatori” kompyuter dasturi va “ O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urg‘uli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi.
Innoweek xalqaro haftaligida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori  Qurbonova Munavvara Abdujabbarovna rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan namoyish etilgan loyihalar koʻrgazmasi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishidagi  “Eng yaxshi innovatsion loyihalar koʻrgazmasi” nominatsiyasi boʻyicha  gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 
2022-yilning 16-mart kuni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman tashkil etildi.                                                       
Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan 2021-yildan buyon har yili an'anaviy tarzda “O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro anjumanni tashkillashtirib kelmoqda. Ushbu anjumanda 15 dan ortiq mamlakatdan tilshunos olimlar ishtirok etdilar.
Kafedra mudiri, professor Zulxumor Xolmanova “Innovatsion texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” yo‘nalishi bo‘yicha  “Yilning eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi g‘olibi hisoblanadi.
2020-2021 o‘quv yilida filologiya fanlari doktori, professor  Zulxumor Xolmanova   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi” respublika tanlovida  filologiya yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2020-yil professor Zulxumor Xolmanova ko‘p yillik samarali mehnati va o‘z kasbiga sadoqati uchun  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Faxriy yorlig‘iga sazovor bo‘ldi.
2022-yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahrida “Ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘llari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova ma’ruza bilan qatnashib, O‘zbekiston Respublikasidagi keng ko‘lamli islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona xizmatlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2022-yil 21-sentabrda Toshkent shahar Uchtepa tumani Madaniyat markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida tashkil etilgan “Ixtirochi ayol ‒ 2022” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Unda O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professorlari Zulxumor Xolmanova “Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha)”, Munavvara Qurbonova “AKTni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha (EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi)” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi hamda Toshkent davlat texnika universiteti rektori tomonidan diplom, sertifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan doimiy ravishda “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil etilib kelinadi.

 

 

Аndijon shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi tantanalari doirasida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanga  O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Zulxumor Xolmanova ishtirok etdi.

2023-yil 3-fevral ToshDO‘TAUda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Alisher Navoiy” medali bilan taqdirlandi.

 

2023-yil 15-aprel
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani yuzasidan “Mahorat darsi” tashkil etildi. “Mahorat darsi”ni  Turkiyaning G‘ozi universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nejati Demir olib bordi.  Mashg‘ulotda  turkiy tillarning qiyosiy tahlili, alifbo, yozuv masalasi, qo`shimchalar etimologiyasi va so‘z semantikasiga oid tahlillar olib borish usullari, metodlari bayon qilindi.

 

2023-yil 25-may G‘ozi universitetining Turkiya Respublikasi tashkil topganiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilayotgan   navbatdagi “AJDODLARIMIZ IZIDAN” turkum Xalqaro ilmiy anjumaniga ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi Sabohat Bozorova “TURKISTONNING JASUR  VA MAZLUM SHOIRI ‒ CHO‘LPON” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

2023-yil 30-may. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari shaxsiy ibrat namunalarini ko‘rsatib, ToshDO‘TAU miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida o‘quv yili  davomida faol ishtirok etdi va   g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari: filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova, f.f.f.d. Iqbol O‘razova, f.f.f.d.Kamola Rixsiyeva tomonidan qayta tuzilgan “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

2022-2023-o‘quv yilida 4-dekabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Turkologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

2023-2024-o‘quv yilida 25-yanvarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid talqinlari” mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

 

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan nashrlar:  

  

2020-2021-o‘quv yilidan boshlab muntazam xorijlik mutaxassislar: Istambul universiteti professori Dr.Mehmet O‘lmez, Manas nomidagi qirg‘iz-turk universiteti dotsenti Dr.Muhittin Gumush, Kastamonu universiteti dotsenti Dr.Mustafa Said Arslan, Karabuk universiteti dotsenti, PhD Saidbek Boltaboyev ishtirokida onlayn mashg‘ulotlar tashkil etildi.