O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi yutuqlari

Kafedra professori Qozoqboy Yo‘ldoshev Abayning “Tarbiya so‘zlari” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgani va nashr etilishiga hissa qo‘shgani uchun Xalqaro Turk akademiyasining Kumush medali bilan taqdirlandi.  Shuningdek, olimning “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli”  kitobi chop etildi va  “Adabiyot oʻqitish metodikasi” kitobi Londonda nashr etildi.

Shuningdek, kafedra  professor-oʻqituvchilari Qozoqboy Yoʻldoshev, Nusratullo  Jumaxoʻja, Xoshimjon Ahmedov, Tozagul Matyoqubova, Sohiba Umarova, Gʻaffor  Rahmonov, Husan Maqsudov Turkiya, Qozogʻiston, Tojikistondagi universitetlarda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda  ishtirok etishdi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsenti Matyoqubova Tozagul Rajapovnaning “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” nomli ilmiy tadqiqiy risolasi Afg‘onistonning Mazori Sharif shahrida “Bayoniy ijtimoiy farhangiy jamg‘armasi” ko‘magida “Umid matbaasi” tomonidan 1000 nusxada eski o‘zbek yozuvida nashr etildi. 

Mazkur oʻquv yilida kafedrada 2 ta dissertatsiya  muhokamasi boʻlib oʻtdi: 2023-yil 15-noyabr (Mamiraliyev  Quvonch, Egamberdiyeva  Kamola).

Vengriyaning   Eötvös Loránd University bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘ibi, Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasi” mavzusidagi “Erasmus+ International Credit Mobility Programm” xalqaro loyihasi 2020-2023 yillarga moʻljallangan bo'lib, ushbu loyihada kafedraning 3 nafar a’zosi ishtirok etadi.