Yangiliklar

img
Mon, 02/28/2022 - 18:34

O‘zbek oshxonasi dunyo nigohida

Avval xabar berganimizdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida KOICA tashkilotining ko‘ngillisi o‘zbek tilini o‘rganmoqda. Til o‘rganish barobarida u  o'zbek milliy qadriyatlari , an'analari bilan ham tanishtirilmoqda. O‘tgan hafta u milliy raqsimiz, amaliy hunarmadchiligimiz borasida mahorat darslarini o‘tagan edi. 
Bugun esa koreyaliklar universitet xalqaro aloqalar ofisi vakillari bilan birgalikda o‘zbek milliy taomlari, jumladan, somsa va palov pishirish jarayonini o‘rganishdi. Asrlar davomida Sharq olamida o‘z mavqeyiga ega bo‘lgan o‘zbek oshxonasi, koreyalik do‘stlarimizga ham o‘zgacha quvonch va ruhiyat berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Shuningdek, kunning keyingi qismida, mehmonlarimiz novvoyxonaga tashrif buyurishdi. O‘zbek dasturxonining ko‘rki bo‘lgan non hamda uni tayyorlash, xorijlik do‘stlarimizda o'zgacha taassurot qoldirdi.