O'zbek adabiyoti va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

img

 

O'zbek adabiyoti va uni o'qitish metodikasi kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan. O'zbek adabiyoti va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiyot tarixining nazariy masalalari, hozirgi adabiy jarayon, adabiyotshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlarini tadqiq etish masalasi kabi muammolarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Kafedrada adabiyotshunoslik va uni o'qitish sohasida Nusratullo Jumaxoʻja, Hoshimjon Ahmedov, Roza Niyozmetova, Marg'uba Abdullayeva, Tozagul Matyoqubova, Saodat Qambarova kabi yetuk olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Kafedra mudiri: filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD Sohiba Umarova.


Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 5 nafar fan doktori, 13 nafar filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o'qituvchi.
Kafedra ilmiy salohiyati: 79 % 
Kafedra ustuvor yo‘nalishlari:

“Filologiya ilmiga zamonaviy yondashuvlar” tarzida belgilangan. Kafedra  adabiyotshunoslik yoʻnalishidagi muammolar tadqiqi, xususan, zamonaviy adabiyotshunoslik, hozirgi adabiy jarayon,  adabiy tanqid, mumtoz poetika, adabiyotni o'qitish muammolari tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari kabi masalalarga ixtisoslashgan: 

1. Kafedraga tegishli fanlar yuzasidan talabalarga zamon talabi darajasida saboq berish.

2. Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari yuzasidan tizimli ravishda tadqiqotlar olib borish. 

3. Oʻzbek mumtoz adabiyotiga doir ilmiy izlanishlarni izchillik bilan davom ettirish. 

4. Adabiy merosga yondashuvning mumtoz an’ana va zamonaviy yutuqlar uyg‘unligiga asoslangan qonuniyatlarini takomillashtirish, nazariy-tajribaviy natijalarni ilmiy muomalaga kiritib borish.

5. Zamonaviy oʻzbek adabiyotining dolzarb muammolari yuzasidan muntazam ravishda ilmiy tadqiqotlar qilish. 

6. Hozirgi adabiy jarayonga tegishli qonuniyatlarni aniqlash yuzasidan tizimli ilmiy izlanishlar olib borish.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:  60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
Magistratura mutaxassisliklari uchun: 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
Tayanch doktorantura:  10.00.02 - O‘zbek adabiyoti                                             

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

1. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

2. O‘qitishning yangi zamonaviy usullari va texnologiyalarini tadqiq qilish.

3. Global ta’limda yuz berayotgan muammolarni tahlil qilish.

4. Adabiyot o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish.

5. O‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi asarlarning qisqacha sharhini yaratish.

6. Adabiy  asarlarni ta’lim bosqichlariga mos ravishda tasniflash.

7. Muayyan ijodkorlar ijodini o‘rganiish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar  ishlab chiqish.

8. Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.

9. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi professional metodist o‘qituvchi-professorlari bilan xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish.

10. Xalqaro seminarlar tashkil etish va ushbu yo‘nalishda uzluksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:   60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti;

Magistratura mutaxassisligi:   70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti;

Tayanch doktorantura:            13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
1.Adabiyotshunoslik asoslari  (1-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
2. Ifodali o'qish va nutq madaniyati (1-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
3. Oʻzbek adabiyoti (2,3-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
4. Oʻzbek adabiyotini o'qitish metodikasi (3-kurs 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
5. Navoiyshunoslik (4-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
6. Adabiyotni o'qitish metodikasi (4-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
7. Mutaxassislik nazariyasiga kirish (4-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar