Kafedra professor-o‘qituvchilari Xitoy Shinjong universiteti, Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy universiteti, Janubiy Koreya Seul Yevroosiyo universiteti, Turkiya Egey universiteti, Mongoliya FA Til va adabiyot instituti, Ozarbayjon FA Adabiyot instituti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan ilmiy tadqiqot va o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.
Kafedra ustozlari N.Jabborov Bokuda, Turkiyaning Anqara universitetida konferensiyada, D.Yusupova, K.Mullaxo‘jayeva Turkiyaning Egey universitetidagi konferensiyada, Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy universitetida, D.Yusupova Vengriyaning Oriyental Studies instituti, Eotvos Lorand universitetida, N.Jabborov, G.Ashurova Hirot shahrida ilmiy safarda bo‘ldilar.
Xalqaro ilmiy faoliyat:
Kafedramiz professori Nurboy Jabborov 2025-yil 2-8-dekabr kunlari Xitoydagi Shanxay universitetida ijodiy safarda bo‘ldi. Universitet rahbariyati va olimlari bilan qizg‘in muloqot o‘tkazib, o‘zaro adabiy-madaniy hamkorlik borasida kelishuvga erishdi. Xitoy Milliy kutubxonasiga tashrif buyurib, Pekin adabiyot va san’at federatsiyasida buyuk Alisher Navoiy ijodi, o‘zaro adabiy hamkorlik rivoji yuzasidan muloqot o‘tkazdi. 2025-yil 20-21-oktabr kunlari Anqara Hoji Bayram Vali universitetida xalqaro TURKSOY tashkiloti, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, mamlakatimiz Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi” mavzuidagi xalqaro simpoziumda “Behbudiy va Turkiston madaniyati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. 2026-yil aprel oyida Ozarbayjon boshkenti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ozarbayjon tilida nashr etilgan “Vaqt haykali” kitobi taqdimotida ishtirok etdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy universitetiga ilmiy-ijodiy safar qilishdi. (2026-yil 14-15-aprel kunlari Madirimova Soxiba qozoq-turk universiteti Turkiy filologiya fakulteti magistr va bakalavr talabalariga “Xiva adabiy muhiti. Abulg‘ozi Bahodirxon - yetuk tarixnavis”, “Shermuhammad Munis hayoti va ijodi” mavzularida, Quldosh Pardayev “Muqimiy asarlari manbalari tahlili”, “Muqimiy va Qo‘qon adabiy muhiti”, “Jadid matbuotida adabiyotshunoslik masalalari” mavzularida Gulzoda Soatova esa “Jadidchilik adabiyoti matbuoti”, “Cho‘lpon va Mag‘jan Jumaboy adabiy hamkorligi”, “Ahmad Yassaviy ijodi Fitrat talqinida” mavzularida ma’ruza qilishdi. 2026-yil 28-29-aprel kunlari Ozoda Tojiboyeva, Zilola Shukurova, Orzigul Hamroyevalar Ahmad Yassaviy universitetiga ilmiy-ijodiy safar uyushtirdi. Hamroyeva Orzigul qozoq-turk universiteti uztozlari va talabalari bilan hamkorlikda “Bugungi raqamlashtirish asrida qo‘lyozmalardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Zilola Shukurova universitet turkiy filologiya yo‘nalishi talabalariga “Qo‘lyozma manbalarni raqamlashtirish “Qissasi Rabg‘uziy” asari misolida” mavzusida, Ozoda Tojiboyeva esa “Alisher Navoiy va Abayning axloqiy-ta’limiy qarashlari”, “Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” va Abayning “Iskandar” dostonidagi umumiy g‘oyalar”, “Abay she’rlari o‘zbek tiliga Mirtemir tarjimasida” mavzularida ma’ruza qilishdi.
Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga ijodiy safar. (Manzar Abdulxayrov, Akrom Dehqonov, Quldosh Pardayev, Ozoda Tojiboyevalar 5-7-fevral kunlari “Qozoq tili va adabiyoti” kafedrasi 1-kurs magistrlariga “Alisher Navoiyning “Xamsa”dostoni tarjimalari”, “Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” asar qadimgi turkiy yozma yodgorlik sifatida”, “O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari” mavzularida ma’ruza qilib qaytishdi).
Eron islom Respublikasi Firdavsiy nomidagi Mashhad universitetiga ilmiy-ijodiy safar. (Dilnavoz Yusupova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 fevraldagi PQ-43-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2025-yil 7-14-sentyabr kunlari Eron Islom Respublikasi Firdavsiy nomidagi Mashhad universitetida “Alisher Navoiy ijodining Xuroson madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi. Mashhad shahridagi Ostoni Qudsi Razaviy “Kutubxonalar, muzeylar va hujjatlar markazi” tashkilotida bo‘lib o‘tgan “Samarqanddan Tusga qadar” mavzusidagi xalqaro simpoziumda “Alisher Navoiy va forsiy adabiyot” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Karomat Mullaxo‘jayeva esa “Alisher Navoiy ijodi va naqshbandiya ta’limoti ” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi ), Kohira davlat universiteti (Dilnavoz Yusupova 2026-yil 11-17-fevral kunlari Misr Arab Respublikasi va Saudiya Arabistonida ilmiy ekspeditsiyada bo‘lib qaytdim. Kohira davlat universitetida “Alisher Navoiy ijodida Misr talqini” mavzusida, Karomat Mullaxo‘jayeva esa “Alisher Navoiy ijodida so‘fiy shayxlar talqini” mavzusida ma’ruza qilib qaytdi).
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Filologiya fakulteti “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Gulbahor Ashurova ozarbayjonlik talabalarga “O‘zbek – Ozarbayjon adabiy aloqalari: Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy”, “O‘zbek – Ozarbayjon adabiy aloqalari: Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy”, “Mustaqillik davri O‘zbek – Ozarbayjon adabiy aloqalari: Akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Amir Alisher” kitobining ozarbayjon tilidagi nashri” asarining jahoniy o‘rni hamda ahamiyati, dunyo tamaddunida tutgan o‘rni” mavzularidama’ruza o‘qidi.
Unvon va daraja
Kafedramizda 2025-2026-o‘quv yilida G. Soatova dotsent, Orzigul Hamroyeva professor unvonini oldi. Z.Shukurova filologiya fanlari doktori darajasiga ega bo‘ldi.
Xorijda e’lon qilingan kitoblar
1. Nurbay Cabbarov. Əmir Əlişir Nəvainin irfani dünyası. – Bakı: lm və təhsil, 2025. (Ozarbayjon tilida)
2. Nurbay Cabbarov. Ali Şir Nevai’nin irfaniy dunyosi. Konya: Atlas akademi, 2025. (turk tilida)
3. Nurboy Jabboruf. Dunyoyi irfoniy Amir Alisher Navoiy. (Tarjimon Husayin Xushbotin). – Tabriz: Ovoyi mahdis, 2025. (Fors tilida).
4. Prof. Dr. Nurboy Jabborov. Nurbay hocanin not defteri (Tarjuman Selinay Şahin). – Istanbul: 2025. (turk tilida)
5. Prof. Dr. Dilnavoz Yusupova. Ali Şir Nevayi’nin Hayatı ve Edebi Sanatı. – Konya: Atlas akademi, 2025 – 296 s. (turk tilida).
6. Dilnavoz Yusupova. Sharq mumtoz adabiyoti: talqin va tahlillar (monografiya). – Istanbul, 2025– 184 bet. (o‘zbek tilida).
Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro miqyosdagi quyidagi yutuqlarni qo‘lga kiritgan:
Kafedra mudiri N.Jabborov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 26-avgust kuni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
G.Ashurova 2023-yilda Qozog‘istonning “Ahmad Yassaviy” medali bilan taqdirlandi.
Kagedramizda 2023-2024-o‘quv yilida Ozoda Tojiboyeva, Orzigul Hamtroyeva, Soxiba Madirimova dotsent, Qo‘ldosh Pardayev professor unvonini oldi.
Professor Nurboy Jabborovning shogirdi Aziza Shokirova “Ibrat Frzandlari” loyihasida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi sohibasi bo‘ldi.
Gulbahor Ashurova 2023-yilda Sh.Sirojiddinovning "Amir Alisher" monografiyasini Ozarbayjon tiliga tarjima qildi.










