Yangiliklar

img
Thu, 02/17/2022 - 17:44

O'zaro aloqalarni mustahkamlash: Rektor Sh.Sirojiddinov Turkiya elchixonasi vakillari bilan uchrashdi

ToshDO‘TAU va Turkiya ta'lim maskanlari o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilganidan xabaringiz bor. Joriy yilning 17-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ta'lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ali Eyyupkoja tashrif buyurdi. Mehmonni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib olishdi. Muzokaralar manfaatli hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishdan boshlandi. Hozirda universitetimizda tashkil etilgan Turk tili markazida ikki nafar turkiyalik murabbiy talabalarga turk tilidan saboq berib kelmoqdalar. Endilikda mazkur markaz qoshida turkiy xalqlar tarixi, tili, adabiyoti, madaniyatini tadqiq etuvchi ilmiy markaz ham tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. 
Shuningdek, kelgusi yillarda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida turk tili bo‘yicha tarjimon mutaxassislar tayyorlashni joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.  
Ushbu hamkorlik har ikki qardosh mamlakatlarning ilm ahli va talaba yoshlari uchun porloq istiqbolni ko'zda tutuvchi ezgu maqsadlarni qamrab olishi shubhasiz.