Yangiliklar

img
Fri, 08/04/2023 - 14:39

“Oʻtkan kunlar” romani Ozarbayjonda nashr etildi

Qardosh Ozarbayjonning Boku shahrida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazilmoqda. Shu madaniy tadbirlarning navbatdagi kunida oʻzbek adabiyotining nodir namunasi, bebaho roman “Oʻtkan kunlar”ning ozar tilidagi nashri taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan universitetimiz professori Bahodir Karimov ushbu asarning ahamiyati, unda koʻtarilgan mavzularning bugungi kun uchun ham dolzarbligi haqida gapirdi. “Oʻtkan kunlar” nafaqat oʻzbek adabiyotida , balki butun jahon adabiyotida favqulodda evrilish boʻlganini qayd etdi.
Asarda ko‘tarilgan masalalar, tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri ozarbayjonliklarga ham begona emas. Shu sababli turkiy xalqlar «O‘tkan kunlar» asariga qayta-qayta murojaat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, bu asarni butun turkiy xalqlarning adabiy mulki, deb aytsak xato bo‘lmaydi»,- deydi Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy.