Yangiliklar

img
Fri, 02/09/2024 - 11:45

Olimlarimiz Turkiyalik talabalarga Navoiy ijodi bo'yicha ma'ruza o'tdilar

Alisher Navoiy nafaqat  o'zbek xalqining balki butun turkiy millatlarning faxridir. Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi arafasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining bir guruh olimlari qardosh Turkiyaning Bursa Uludag' universiteti Adabiyot fakulteti talabalari uchun Alisher Navoiy hayoti va ijodi, zamonaviy o'zbek adabiyoti, turkologiya va turkiy tillarga doir mavzularda dars mashg'ulotlari olib bordilar. 
Universitetimiz professor-o'qituvchilari Hamidulla Dadaboyev, Nurboy Jabborov, Zulxumor Xolmanova, Uzoq Jo'raqulov, Dilnavoz Yusupova, Uzoq Jo'raqulov,  Nusratullo Jumaxo'ja, Iqboloy Adizova, Ozoda Tojiboyevalar Uludag' universitetida ma'ruza o'tishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan mashg'ulotlar talabalar va mezbon olimlarga-da birdek manzur keldi. 

 

Shuningdek, Professor Zulxumor Xolmanova O’zbekistonning Bursadagi faxriy elchixonasida “Bobur- buyuk shaxsiyat” mavzusida ma’ruza qildi.