Yangiliklar

img
Wed, 07/19/2023 - 02:57

Oksford universitetida o'zbek tili kursi ochiladi

Oksford universiteti delegatsiyasi tashrifning ikkinchi kuni universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. “O'zbek maktabi” jamoasi tomonidan yaratilgan “Xorijliklar uchun o'zbek tili” (A1 va A2 darajalar uchun) darsliklari mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ular endilikda Oksford universitetida o'zbek tilini o'qitishda aynan shu darsliklarga asoslanishlarini alohida qayd etdilar.
Universitet xalqaro hamorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova bilan bo'lgan suhbatda Oksford universiteti professori Leyla Nazafzada shu yilning dekabr oyida Oksford universiteti rasmiy delegatsiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurib, hamkorlik memorandumi imzolashlarini ma'lum qildi. Ushbu delegatsiya tarkibida talaba va turkolog olimlar ham bo'lishi va ular bir necha kun mobaynida o'zbek tilini o'qitish bo'yicha ToshDO'TAUning metodik yutuqlarini o'rganishlari, tajriba oshirishlari aytildi. Bundan tashqari onlayn shaklda muloqotlar o'tkazib, turkologiya, sharqshunoslik, matnshunoslik sohalarida turli ma'ruzalar, vebinarlar va seminarlar tashkil etishga kelishildi.