Matbuot xizmati

                                                          

 

 

Obidjonova Ma'suma Qosimjon qizi

Tug‘ilgan sanasi: 04.08.1993

Millati: O‘zbek

E-mail:  masuma@navoiy-uni.uz

Kontakt: +998934966000

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-shanba

    Axborot xizmati Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining  mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda bevosita universitet rektoriga boʻysunadi. Axborot xizmati oʻz faoliyatini ToshDOʻTAU tarkibiy boʻlinmalari, fakultetlari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.

Vazifalari:

  • ToshDOʻTAU faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari: ijtimoiy tarmoqlar, universitetning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • universitetda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish; 
  • universitetning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish;
  • axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • OAV bilan samarali hamkorlik qilish, xizmat bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
  • muntazam ravishda OAVda universitet rektori hamda prorektorlarining  chiqishlarini tashkil etish;
  • axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, OAV va Internet tarmogʻida universitet faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
  • universitet bilan birgalikda mahalliy va xorijiy OAV orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • universitet faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy OAVning pozitsiyasini oʻrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʻgʻrisida rahbariyatga axborot berib borish;
  • vazirlik va universitetning vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
  • universitetning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Axborot xizmatining huquqlari va majburiyatlari:

  • Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
  • Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni universitetning boshqa boʻlinmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
  • Universitetning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
  • Universitetning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatga koʻrib chiqishi uchun kiritish.
  • Shuningdek, oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
  • universitet faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini taʼminlash uchun javob beradi.