Yangiliklar

img
Wed, 06/01/2022 - 12:43

“Ma'naviyat karvoni”  Respublika bo'ylab ziyo ulashishda davom etmoqda

Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha viloyatlarida “Maʼnaviyat karvoni” loyihasi doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Farg’ona viloyatining Beshariq tumanida ham mazkur loyiha asosida “Yangi Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy tadbirlar oʻtkazildi. Respublika miqyosida tashkil etilayotgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim ishtirok etmoqda. 


“Maʼnaviyat karvoni” loyihasida tashkil etilayotgan tadbirlar uchun katta olimlar, yozuvchilar, shoirlar, aktyorlardan tuzilgan targʻibotchilar guruhlari jalb qilingan.  Ular bir qator mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholining turli qatlamlari bilan uchrashib muloqotlar qilishmoqda.

Oʻzlarining ijodlari bilan tanishtirish barobarida respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, maʼdaniy va maʼnaviy islohotlarni keng targʻib etishmoqda. “Ma'naviyat karvoni”  Respublika bo'ylab ziyo ulashishda davom etadi.