“Madaniyatlararo muloqot va turizm” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya
Joriy yilning 10-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Madaniyatlararo va turizm kafedrasi tashabbusi bilan Anqara Hoji Bayram Vali universiteti, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlikda “Madaniyatlararo muloqot va turizm” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Anjumanni universitetimiz rektori, professor Sh.Sirojiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi. Konferensiyada universitet Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori N. Normurodova ham so'zga chiqdi.
Konferensiyada turizm va ta’lim masalalari, ularning o’zaro ta’sir va rivojlanish istiqbollari, globallashuv sharoitida xalqaro turizm tizimidagi madaniyatlararo aloqalar masalalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, xorijlik professorlar Nijniy Novgorod lingvistika universiteti professori S.Kolobova, Vashington universiteti professori N.Akles, Anqara Hoji bayram Vali universiteti professori A.Akalinlar ma'ruza qilishdi.
Shuningdek, mazkur anjumanda ziyorat turizmini boshqarishning xalqaro tajribalari o’rganildi. Ma'lumki, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida turizmning o'rni beqiyosdir. Mazkur konferensiya qayd etilgan muammolar, O'zbekistonning dunyodagi ijobiy imijini yaqqol namoyon etish, madaniyatlar almashinuvi jarayonida o'zbek milliy qadriyatlarning jozibasini namoyon etish singari ko'plab masalalarning ilmiy-amaliy yechimlari tahlil qilindi. Konferensiya keng qamrovliligi bilan foydali bo’ldi.