Yangiliklar

img
Thu, 04/28/2022 - 14:39

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib qolmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Barchamizga ma’lum, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-aprel kuni universitetimiz korrupsiyaga qarshi kurashish “Konplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Nasriddinov, professor-o’qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar Ohangaron tumaniga tashrif buyurdi.

Universitetimiz vakillari tomonidan ToshDO’TAU ga biriktirilgan Ohangaron tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” deb nomlangan davra suhbati tashkillashtirildi.

Mazkur davra suhbatida maktab o’quvchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish omillari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslik  tushuntirildi. Yoshlar dunyoqarashida korrupsiyaga qarshi ma’naviy immunitet paydo qilish davlatimiz taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadi.