Yangiliklar

img
Mon, 07/10/2023 - 15:50

Koreyada o'zbek tili va madaniyati keng targ'ib qilinadi

Janubiy Koreyaning Hanguk chet tillar universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari kafedrasi mudiri, professor Ye Cheon universitetimizda mehmon bo'ldi. U universitetimizda tashrif buyurgan  “O‘zbek maktabi”da ham bo'lib, markazda xorijliklarga o'zbek tilini o'rgatish tajribasi bilan tanishdi. 
Professor Ye Cheon, shuningdek, koreyslarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan yuqori qiziqishini e’tirof etdi, bu esa Janubiy Koreyada o‘zbek tilidagi ta’limga talab ortib borayotganidan dalolat beradi. Ye Cheon xonim o‘zbek tili va madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va madaniyati” markazi tashkil etishni taklif qildi. Ikki universitet oʻrtasidagi bu hamkorlik madaniy almashinuvni rivojlantirishi hamda oʻzbek tili va madaniyatiga qiziquvchi koreys talabalari uchun imkon yaratishi mumkin.

Muzokaralar davomida ushbu markazni tashkil etish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Bu rejalar oʻquv dasturlarini tayyorlash, professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari, madaniy tadbirlar va Janubiy Koreyada oʻzbek tili va madaniyatini targʻib qilishga qaratilgan boshqa tashabbuslarga oid tafsilotlarni oʻz ichiga oladi.