Kadrlar bo‘limi

Tug‘ilgan sanasi: 18.11.1982
Millati: O‘zbek
E-mail: Xolmetovafarogat@navoiy-uni.uz
Kontakt: +998 71 281 47 10
Qabul kunlari: 10:00 - 16:00
Dushanba-chorshanba-juma
MA'LUMOT
Universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchi, assistent va boshqa xodimlar, magistr va bakalavriat bosqichida tehsil olayotgan talabalarning shaxsiy hujjatlari saqlashini ta’minlash;
Universitet xodimlariga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil etish ;
Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganda, universitetning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmagan holatlarda tegishli intizomiy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish ;
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lovozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlar loyihasini to‘g‘rilash va rahbariyatga kiritish;
Xodimlar tomonidan mehnat intizomi va universitet ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
Fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarning ro‘yxatga olinishini nazorat qilish.
2000-2004 |
Bakalavriat: O‘zbekiston Milliy universiteti. Filolog-tarjimon. O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi |
2004-2006 Magistratura: O‘zbekiston Milliy universiteti. Tilshunoslik (o‘zbek tili) |
Ish faoliyati:
2007 – 2009 |
O‘zbekiston Milliy universiteti. Aspirant |
2010 – 2011 O‘zbekiston Milliy universiteti. “Umumiy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi “ kafedrasi o‘qituvchisi 2011 – 2013 O‘zbekiston Milliy universiteti. Magistratura bo‘limi metodisti 2015 – 2016 O‘zbekiston Milliy universiteti. Kadrlar va ish yuritish bo‘limi inspektori 2016 – hozirgi paytgacha Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Hozirgi ish joyi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i |
Kadrlar bo‘limi
Universitet xodimlari, professor o‘qituvchilari, talabalari (bakalavr, magistr, daktarant)ning universitetdagi rasmiy faoliyatini to‘g‘ri va o‘z muddatida rasmiylashtirish uchun tashkil qilingan.
Vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi axborot kommunikatsiyalari va texnalogiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasi bo‘yicha hisobotlar talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasi bo‘yicha hisobotlar tayyorlashni ta’minlash;
- Har oʻquv yilida qabul komissiyasi tomonidan oʻqishga qabul qilingan 1-kurs (bakalavr) va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy taʼlimga qabul qilingan talabalarning shaxsiy hujjatlarini talabalar boʻlimi tomonidan qabul qilinishini nazorat qilish;
- Universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchi, assistent va boshqa xodimlar, magistr va bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy hujjatlari saqlashini ta’minlash ;
- Fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarning ro‘yxatga olinishini nazorat qilish;
- Xodimlarning mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari tomonidan to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;
- Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lovozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlar loyihasini to‘g‘irlash va rahbariyatga kiritish.
Huquq va majburiyatlari:
- Universitet bo‘limlari va fakultetlaridan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda, talab qilib oladi;
- Fakultet va bo‘limlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga xilof ravishda tayyorlagan buyruqlari, yo‘riqnomalarini bekor qilishni talab qiladi;
- Ijro intizomini mustahkamlashda tashabbuskorlik qilayotgan fakultet, bo‘lim rahbarlarini rag‘batlantirish yoki o‘z vaqtida ijrosini ta’minlanmaganligini hamda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun chora ko‘rish to‘g‘risida rektor nomiga bildirishnoma kiritish.