Filologiya fanlari doktori, professor Islom Yoqubov 2021-yilda “Mustaqillik davri o‘zbek romanlari poetikasi” nomli monografiyasini 500 nusxada e’lon qildi. Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Chixiya davlatlarida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ishtirok etgan.
2018-yilda tayanch doktorant Hamrayev Komiljon O‘lmasovich “Hozirgi o‘zbek hikoyalarida kompozitsiya poetikasi” mavzusida PHD ishini muddatidan oldin himoya qildi. PHD Hamrayev Komiljon 2020-yilda “Hikoya kompozitsiyasi” nomli monografiyasini 500 nusxada e’lon qildi.
Adiblar xiyobonida “Xalq qalbi” hujjatli filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 11-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan kinofestivalda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokda “Alisher Navoiy” hujjatli filmining premyerasi namoyish etildi. Tadbirda kafedra mudiri f.f.d., professor U.Jo‘raqulov va kafedra o‘qituvchisi G‘.Bobojonovlar ma’ruza qildilar.
13-sentabr kuni Adiblar xiyobonida buyuk olim va mutafakkir Alisher Navoiyning qozoq tilida nashr qilingan “Xamsa”, “Muhokamatul-lug‘atayn” asarlari hamda “Baqo guli” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedra mudiri f.f.d, professor U.Jo‘raqulov ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta ta’lim vazirligi tashabbusi bilan 2021-yilda filologiya fanlari doktori, professor U.Jo‘raqulov va PhD K.Hamrayev hammuallifligida “Qiyosiy adabiyotshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.
PhD Hamrayev Komiljon O'lmasovich dotsentlik diplomini oldi.
2021-yil 17-noyabr Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Muhammad Alining “Navoiy va Boyqaro” dramasi kitobi taqdimoti bo‘lib o’tdi. Tadbirni universitet rektori Sh. Sirojiddiniv ochib berdi va olib bordi. "Yosh munaqqid klub"ining navbatdagi mashg'uloti Muhammad Alining "Navoiy va Boyqaro" asari taqdimotiga bag'ishlandi. "Yosh munaqqid klub"ining rahbari S.Melining kitob haqidagi chiqishi talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Shuningdek, taqdimotda "Yosh munaqqid klub"ining barcha a'zolari va "Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik" kafedrasining professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
https://t.me.yosh_munaqqid_klubi
Bugun 24-noyabrda „Yosh munaqqid klub"ining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Bugungi son o'zbek romanchiligi va realistik hikoyachiligini boshlab bergan Abdulla Qodiriy qalamiga mansub „Uloqda“ hikoyasi tahlil va talqiniga bag'ishlandi va suhbat shaklida o'tkazildi. Mashg'ulot klub rahbari S.Meliyev va „Jahon adabiyoti va unvarsal adabiyotshunoslik kafedrasi“ mudiri Uzoq Jo'raqulov rahbarligida olib borildi. Shuningdek, ushbu sonda „Yoshlik“ jurnali vakili ham qatnashib, klub a'zolari qatorida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida Suvon Meliyev, Uzoq Jo'raqulovlar tahlilga tortilgan asar va qatnashuvchilar tomonidan berilgan fikrlarga o'z munosabatlarini berishib suhbatga yakun yasadilar.
http://t.me.yosh_munaqqid_klubi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori Suvon Melining
tabarruk 70 yoshi munosabati bilan boʻlib oʻtgan ilmiy-adabiy anjumandan lavhalar....
“Yosh munaqqid klubi”ning navbatdagi mashg‘uloti marhum adabiyotshunos A’zamxon Qozixo‘ja xotirasiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotni filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo'raqulov ochib berar ekan, marhum yozuvchi shaxsi, hayot yo'li haqida gapirdi. Shundan so'ng klub rahbari filologiya fanlari doktori Suvon Meli so'zga chiqib, adabiyotshunosni xotirladi, uning ilmiy, badiiy asarlarini o'rganish va tahlil qilish kerakligini ta'kidlab o'tdi. Mashg‘ulot davomida A'zamjon Qozixo'janing "Avaz kamaz" hikoyasi, "Karvon yo‘lida" qissasi va ilmiy asarlari tahlil qilindi. Klub a'zolari, magistrantlar va doktorantlar ishtirokida o'tgan mashg‘ulotning ushbu soni qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.
https://t.me/toshdotau_m
Assalomu aleykum, aziz adabiyot shinavandalari, bugun „Yosh munaqqid“ klubi mazkur o‘quv yilidagi mashg‘ulotlarini boshladi. To‘garakni Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Komiljon Hamroyev olib bordi. Dastlab, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha O'zbek filologiyasi fakulteti dekani o‘rinbosari Anvar Qurbonov so‘zga chiqdi. Mashg‘ulotda „Yosh munaqqid“ klubining yillik rejasi, maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Qatnashchilardan takliflar eshitildi. Zamonaviy o‘zbek nasri muammolari haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Assalomu alaykum, "Yosh munaqqid klub"i a'zolari! Navbatdagi mashg'ulotimiz tilining shiraliligi, maqollardan o'rinli foydalana olishi va tasvirning samimiyligi bilan ajralib turadigan yozuvchi MA'MURA ZOHIDOVANING "MANGLAYDAGI YOZIQ" (qissalar) kitobiga bag'ishlanadi. Ushbu mashg'ulotda ijodkorning o'zi ham qatnashadi. Barcha qiziquvchilar qatnashishi va fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin.
2024-yil 23-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi qoshidagi "Yosh munaqqid klub"ining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi. Unda taniqli adib, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sobir O'narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirni "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik " kafedrasi mudiri, f.f.d. professor U.Jo'raqulov ochib berdi. Taqdimotda kafedra professor-o'qituvchilari f.f.d. professor Islomjon Yoqubov, f.f.f.d. dotsent Komiljon Hamroyev, katta o'qituvchilar Olmos Xurramov, Azamat Xayrullayev, Kamol Hakimov, Nuriddin Ubaydullayevlar, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, mas'ul kotib G'iyosiddin O'narov, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhiddin Abdisamad va adibning oila a'zolari qatnashdi. Kafedra mudiri, f.f.d. professor U.Jo'raqulov, f.f.d. professor I.Yoqubov, f.f.f.d. dotsent Komiljon Hamroyevlar Sobir O'nar adabiy merosi, uning "Tanlangan asarlar" kitobining o'ziga xos xususiyatlari, qissa va hikoyalari badiiyati xususida fikr bildirib, talabalarni yaqindan tanishtirishdi. So'ngra "Yoshlik" jurnali bosh muharriri N.Chori yozuvchining ish faoliyati, insoniy qiyofasi, samimiyati va ko'plab safar xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Adibning oila a'zolaridan G'iyosiddin O'nar yozuvchining ijod laboratoriyasi, ijod jarayoni bilan bog'liq ma'lumotlarni va asarlarining yuzaga kelish jarayonlarini, obrazlarining prototiplari haqida hayotiy, qiziqarli misollar bilan bog'liq ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazdi. So'ngra Yozuvchilar uyushmasidan taklif qilingan shoirlardan adibga bag'ishlangan turli she'rlar tinglandi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga ustozlar javob berishdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan uchrashuv yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Vengriyalik olim Gyorgy Turi 24-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida mehmon bo‘lib, prorektor va professor-oʻqituvchilar bilan ilmiy almashinuv imkoniyatlarini muhokama qildi.
2026-yil 23-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “XAMSA, EPOS, ROMAN: NAVOIY VA RABLE” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etilib, unda O‘zbekiston, Fransiya, Turkiya, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan olimlar, adabiyotshunoslar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.


























