Yangiliklar

img
Thu, 04/27/2023 - 15:36

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari

27-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag'anda universiteti bilan hamkorlikda «Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani o'tkazildi. Anjumanda O‘zbekiston  ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishdagi muammo va kamchiliklar, o'ziga xosliklar, xususan,  “Sotsiologiya” sohasi mutaxassislarini tayyorlash, ta'limdagi zo'ravonlik, ruhiy bosimga qarshi kurashish singari o'ta muhim mavzularda ma'ruzalar tinglandi. 


Ma’lumki, yoshlar intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallash bilan birga milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligining zaruratini chuqur anglab yetishlari zarur. Yoshlar ongida milliy va umumbashariy qadriyatlar, milliy ma’naviyat tushunchalarini shakllantirishda ijtimoiy fanlar muhim ro‘l o‘ynaydi. Uchinchi Renessans haqida qanchalik ko‘p gapirmaylik, harakat qilmaylik uning tub mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlarning yordamisiz yoshlar ongiga singdirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchinchi Renessans boshlanishi va rivojlanishining “katalizatori” hisoblanadi. Aynan, ular millat va xalqni uyg‘otishga qodir kuchdir. Bugungi konferensiyada ham ayni masalalarga to'xtalib o'tildi va jamiyat oldidagi muhim masalalar tahlil qilindi.