Yangiliklar

img
Tue, 03/15/2022 - 10:54

Ege universitetida o‘zbek adabiyoti va folklori haqida suhbat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdumurod Tilavov hozirda Turkiyada xizmat safarida.  Ustozimiz bugun Ege universitetiga tashrif buyurib,  ToshDO‘TAU rektori tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumini yetkazdi. Ege universiteti Zamonaviy turkiy lahjalari va adabiyoti bo'limi boshlig'i, professor Yusuf O'zkan va talabalari bilan o'zbek jadid adabiyoti, o'zbek folklori borasida qizg'in suhbat bo'lib o‘tdi. Xorijlik talabalarning o‘zbek adabiyotiga, tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishidan Abdumurod Tilavov juda mamnun bo‘lganini qayd etdi. 
"Turk ustozlarining kitob javonida aksariyat O'zbekcha kitoblarni ko'rib xursand bo'ldim", deydi ustozimiz.