2020-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Gulruxsor Ergasheva hamda fakultet talabalarining MO‘TUL jamoasi tomonidan xorijliklar uchun “O‘zbekona” darsligi yaratildi. U xorijiy tilni egallashning umumyevropa kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash imkonini beruvchi darslik bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 3 ta nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi qismlardan iborat.
2021-yil 6 oktyabr kuni Adiblar xiyobonida Turkiyaning Bandirman universiteti professori, atoqli yozuvchi, adabiyotshunos olim Baxtiyar Arslan bilan birgalikda “Badiiy adabiyotda xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik” mavzusida sayyor darsi o‘tkazildi. Ushbu dars Mir Alisher Navoiy haykali oldidan boshlanib, xiyobondagi barcha yozuvchi va shoirlarni xotirlash bilan yakunlandi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Ona tili- millat g'ururi" ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida "Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar" yo'nalishida kafedra o'qituvchilari B.Mengliyev va Sh. Xamrayeva ishtirokidagi loyiha II darajali diplom bilan taqdirlandi.