Yangiliklar

img
Mon, 04/22/2024 - 17:38

Akademik davlatning alohida ko’magiga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik  Shuhrat Sirojiddinov Toshkent shahar Sergeli tumani “Nilufar” va  “Ittifoq” mahallalarida yashovchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi. Mahalla faollari, yoshlar yetakchisi va huquq-tartibot idoralaridan biriktirilgan vakil hamrohligida 10 nafar yigit-qiz bilan individual suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida avvalo yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o‘qitish, bandligini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy muammolar o‘rganildi.  Muntazam dars qoldiruvchi, probatsiya hisobida turuvchi, agressiv xulqli, profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan suhbat chog‘ida ularni oliy ta’limga jalb qilish bo‘yicha takliflar tinglandi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagoglari yordamida ularni kirish imtihonlariga tayyorlash taklifi bildirildi. 

  

Shuningdek, yoshlar bilan samimiy muloqot chog‘ida ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilmagan tarzda nima sababdan tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olinganligi, o‘zining bu holatga munosabati, jarayonlarga noroziligi, ruhiy tushkunlik holati, kimlar bilan do‘stligi, alkogol mahsulotlarga munosabati va boshqalar o‘rganilib, mahalla vakillari bilan tizimli ishlashga kelishildi.