Kafedramiz tomonidan “Xattotlik va kitobat san’ati” hamda “Mumtoz arab tili” to'garaklari faoliyat olib boradi.
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi kafedra mudiri f.f.d. dots. Rashid Zohidov bilan “Oydin hayot” ko’rsatuvi boshlovchilari “Matnshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida suhbat olib bordi.
2021-yil 20- noyabr kuni Xorazm Ma'mun akademiyasida "Qadimiy noyob manbalarni tadqiq qilish va ularni asrash" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada Rashid Zohidov Fozilovich va Fayziyeva Dilorom Shabonovna o'z maqolasi bilan qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan.
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi mudiri Rashid Zohidov O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi qo’mondonligida Buyuk shoir A. Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag’ishlab o'tkazilgan davra suhbatida bo'ldi.
"Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik" kafedrasi 2-kurs magistranti To'ra Tosh Muhammad Zarif Ergash o'g'li tomonidan universitet Axborot-resurs markaziga 250 ga yaqin kitob taqdim etildi.