
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi o‘zbek matnshunosligining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari, asliyat va tabdil, adabiy manbalarni tadqiq etishda talqin masalasi kabi muammolarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Kafedrada matnshunoslik va manbashunoslik sohasida N.Ibrohimov, Sh.Sirojiddinov, R.Zohidov, M.Abdulxayrov kabi yirik olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.
Kafedra mudiri: filologiya fanlari doktori, dotsent Zohidov Rashid Fozilovich.
Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 2 nafar fan doktori, 2 nafar filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi.
Kafedra ilmiy salohiyati: 80 %
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy-amaliy muammolarini ilmiy-fundamental asosda tadqiq etish;
- Asliyat yozuvidagi adabiy manbalar va mumtoz matnlarni o‘rganish jarayonida matnshunoslikning zamon talablari darajasidagi tizimli yaxlit nazariyasini yaratishga zamin hozirlash;
- Adabiy-tarixiy merosga yondashuvning mumtoz an’ana va zamonaviy yutuqlar uyg‘unligiga asoslangan qonuniyatlarini muntazam takomillashtirish, nazariy-tajribaviy natijalarni ilmiy muomalaga kiritib borish;
- Mamlakat va xalqaro miqyosda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘quv-ilmiy muassasa va markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan sohaga oid ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda muvofiqlashtirishga erishish;
- Universitetning qadimiy kitoblar fondida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma manbalar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar metodikasini umumlashtirish;
- Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistr mutaxassislarning bilim va salohiyatini amaliy ko‘nikmalar bilan doimiy ravishda mustahkamlash;
- Kafedraning ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish, ilmiy ekspertizadan muvaffaqiyat bilan o‘tgan fundamental tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili).
Magistratura mutaxassisliklari:
70230301 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili).
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Matnshunoslik (2-kurs, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti)
Mumtoz sharq tillari ( 1-kurs, 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Matnshunoslik nazariyasi (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Adabiy matnlar bilan ishlash amaliyoti (2-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Matn va uni talqin qilish tamoyillari (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Ilmiy-tanqidiy matn asoslari (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Xattotlik va kitobat san'ati (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Asliyat va tabdil masalasi (2-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
O'zbek yozma matnining taraqqiyot bosqichlari (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Mumtoz matn tili (2-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)
Folklor matnshunosligi (1-kurs, 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik)