Yangiliklar

img
Wed, 03/02/2022 - 19:31

Zulfiyaxonim ijodi mavzuida davra suhbati

2-mart kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti  tyutori N.Razzakova tashabbusi bilan Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent Davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  hamkorligida Zulfiyaxonim tavalludining 107-yilligi munosabatiga bagʻishlangan   “Zulfiyaxonim ijodi” mavzuida  davra suhbati boʻlib oʻtdi.  Tadbirda TDIU Xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengash raisi, dotsent D.I.Roʻziyeva, “Raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani, dotsent I. M. Alimardonov, fakultet ayol professor-oʻqituvchilari, taʼlim-tarbiya maslaxatchilari va fakultet talaba-qizlarilari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining  1-bosqich talabalari faol ishtirok etib, Zulfiyaxonim hayoti va ijodini videoroliklar va turli badiiy chiqishlar orqali ochib berishdi. Zulfiyaxonimning goʻzal sheʼrlaridan oʻqishdi.
Shuningdek, tadbirda Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatri aktrisasi xonanda, ssenarist, rejissor Muqaddas Mamadaliyeva ham ishtirok etib,  qatnashuvchilarni oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan shod etdi.  
Suhbat yakunida faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.