Yangiliklar

img
Thu, 11/12/2026 - 15:16

Zöravonlikka qarşi ma’rifiy tadbir ötkazildi

2026-yil 10-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Ijtimoiy iş yönalişi talabalari iştirokida zöravonlikning barça körinişlariga qarşi kuraşiş, uning oldini oliş hamda jamiyatda inson huquqlari va qadr-qimmatiga hurmat munosabatini mustahkamlaşga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbir davomida zöravonlikning şaxs ruhiyati, oilaviy munosabatlar va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, uning ijtimoiy-psixologik oqibatlari hamda profilaktikasiga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xavfsiz va soğlom ijtimoiy muhitni ta’minlaş, şuningdek, zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga öz vaqtida psixologik va ijtimoiy yordam körsatiş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning asosiy qismida talabalar tomonidan zöravonlikning turli körinişlari va ularning inson hayotiga ta’sirini aks ettiruvçi sahna körinişlari namoyiş etildi. Badiiy çiqişlar orqali oiladagi nosoğlom munosabatlar, bolalar ruhiyatiga yetkaziladigan zarar, befarqlikning salbiy oqibatlari hamda insoniy munosabatlarda mehr, e’tibor va mas’uliyatning ahamiyati yoritildi. Talabalarning tarğibot çiqişlari va fikr-mulohazalarida zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, jabrlanuvçilarni qöllab-quvvatlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş har bir fuqaroning ijtimoiy mas’uliyati bilan çambarças boğliq ekani ta’kidlandi.

Şuningdek, muhokamalar davomida zöravonlikning oldini olişda oila, ta’lim muassasalari va jamoatçilik hamkorligining ahamiyati, aholining huquqiy va ijtimoiy xabardorligini oşiriş, ayniqsa, bolalar va yoşlar örtasida soğlom munosabatlar madaniyatini rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Ijtimoiy iş yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun bunday tadbirlar kelgusidagi kasbiy faoliyatida murakkab ijtimoiy muammolarga mas’uliyat bilan yondaşiş, yordamga muhtoj şaxslarning manfaatlarini himoya qiliş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarining ahamiyatini anglaşda muhim örin tutadi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarning zöravonlikka qarşi kuraşiş borasidagi ijtimoiy faolligini oşiriş, ularda inson huquqlariga hurmat, hamdardlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlaşga xizmat qildi. Tadbir yakunida zöravonlikning har qanday körinişiga befarq bölmaslik, uning oldini olişga qaratilgan tarğibot işlarini izçil davom ettiriş hamda jamiyatda özaro hurmat, mehr-oqibat va xavfsizlik muhitini qaror toptiriş muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.