Yangiliklar

img
Fri, 12/01/2023 - 11:55

Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan.
2014-yilda esa BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi. Ana shunday tadbirlardan biri 30-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etildi. 
Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB XPB XQMB katta inspektorlari M.Abduraxmanova, F.Samatova va YoMB katta inspektori E.Belousova ishtirok etdi. Tadbir mavzusi "Xotin-qizlarni tayziq va zo'ravonlikdan himoya qilish" deb nomlandi. Tadbir davomida jamiyatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni kundalik hayotimizga to‘liq va to‘g‘ri tatbiq etish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.