Ziyolilar kengaşining ilk yiğilişi bölib ötdi
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida mamlakatimiz oldiga “Kelgusi ön yillik biz uçun milliy yuksaliş davri böladi” degan ulkan maqsad qöyilmoqda. Bunday yuksaliş, avvalo, insonga, bilimga va ilm-fanga tayanadi. Inson kapitali, zamonaviy bilimlar, innovatsiyalar va milliy özlikni anglaş taraqqiyotning muhim şartlaridir. Şu bois milliy yuksaliş jarayonida ziyolilarning örni va mas’uliyatini yanada oşiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şu maqsadda 23–24-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida Özbekiston Ziyolilar kengaşining ilk yiğilişi bölib ötdi. Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan mazkur kengaş mamlakatimiz ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at namoyandalarining intellektual salohiyatini milliy taraqqiyot yölida birlaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yiğilişda mamlakatimizning turli hududlaridan 500 nafarga yaqin olimlar, öqituvçilar, şifokorlar, muhandislar, yozuvçi va şoirlar, san’atkorlar, jurnalistlar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbirda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti vakillari ham qatnaşdi.
Yiğilişning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva iştirok etib, kengaş faoliyati davlat va jamiyat örtasidagi muloqotning yangi bosqiçini boşlab berişini ta’kidladi. U ziyolilardan mamlakat taraqqiyoti, ona tili va milliy özlikni asraş, ma’naviy yuksalişning uzoq muddatli yönalişlarini belgilaş borasida xolis fikr va dadil takliflar kutilayotganini qayd etdi.
Yiğiliş davomida milliy taraqqiyot, ma’naviy yuksaliş, ilm-fan va ta’limni rivojlantiriş, ona tili va milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş avlod tarbiyasi, tarixiy-madaniy merosni keng tarğib etiş kabi masalalar muhokama qilindi. Yetti yönalişda taşkil etilgan şöbalarda ziyolilar tomonidan mamlakat kelajagiga daxldor fikr va taşabbuslar ilgari surildi.
Muhokamalar davomida ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni faqat ilmiy daraja, unvon yoki lavozim bilan belgilanmasligi, balki ularning öz sözi va burçiga sodiqligi, jamiyat manfaatlari yölidagi xizmati bilan namoyon bölişi alohida ta’kidlandi.
Yiğiliş yakunida milliy yuksalişni ta’minlaş, ilm-fan va ma’rifatni rivojlantiriş, milliy qadriyatlar hamda tarixiy merosni asrab-avaylaşga qaratilgan Ahdnoma qabul qilindi. Unda ziyolilarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi örni, intellektual salohiyatni röyobga çiqariş hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyati 15 ta muhim yönalişda belgilab berildi.
Ahdnomani Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov öqib eşittirdi.
Hujjatda universitetlar va ilmiy tadqiqot muassasalarining imkoniyatlaridan keng foydalaniş, ilm-fan va innovatsiyalarni mamlakat ehtiyojlariga yönaltiriş, ilmiy halollik va tadqiqot etikasiga rioya qiliş, ona tilining ilm-fan va raqamli texnologiyalardagi mavqeyini mustahkamlaş, milliy adabiyotni xalqaro miqyosda tarğib etiş kabi muhim vazifalar belgilandi. Şuningdek, yoş olimlar va iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy-ma’rifiy taşabbuslarni amaliy loyihalarga aylantiriş, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan mas’uliyatli foydalaniş madaniyatini şakllantiriş, jamiyatda tanqidiy fikrlaş va media savodxonlikni rivojlantiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ahdnomaning muhim jihatlaridan biri uning ijrosini ta’minlaş mexanizmlari belgilanganidir. Kengaş doirasida ilgari surilgan takliflarni umumlaştiriş, ustuvor taşabbuslarni amaliy loyihalarga aylantiriş, natijalarni kuzatib boriş va davlat hamda jamoat taşkilotlariga ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etiş nazarda tutilgan. Ziyolilar kengaşi har yili yiğilib, Ahdnoma ijrosi yuzasidan oçiq hisobot berib borişi ham belgilandi. Özbekiston Ziyolilar kengaşining taşkil etilişi ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at namoyandalari bilan davlat va jamiyat örtasidagi muloqotni yangi bosqiçga olib çiqiş, ziyolilarning salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga safarbar etiş yölidagi muhim qadamdir.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham milliy yuksalişning muhim tayançi bölgan ilm-fan, ona tili, adabiyot va ma’rifat ravnaqiga xizmat qiliş, yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş hamda milliy ma’naviy merosni asrab-avaylaş borasidagi faoliyatini izçil davom ettiradi.
Ziyolilar zimmasidagi mas’uliyat bugungi kun bilan çeklanmaydi. Ularning bugun aytgan sözi, ilgari surgan ğoyasi va amalga oşirgan işi ertangi avlodning tafakkuri hamda mamlakat kelajagiga ta’sir körsatadi. Zero, Ahdnomada ta’kidlanganidek: “Ahdimiz nafaqat bugungi sözimiz, balki ertangi işimizdir”.

