Yangiliklar

img
Wed, 02/28/2024 - 19:08

Zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanish

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim bosqichlari talabalari uchun zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o'rgatish bo'yicha davlatimiz rahbarining maxsus Qarori qabul qilingan. 2024-yilning 28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari uchun zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘rgatishga
mo‘ljallangan darsdan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘limi bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borildi.  Ushbu mashg'ulotlarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad talabalarga zilzila oqibatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullarini o‘rgatishdan iboratdir.