Yangiliklar

img
Wed, 03/02/2022 - 20:19

Zebo Hakimova "Universitet malikasi"

Bugun, joriy yilning 2-mart kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Universitet malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni Yoshlar masalalari  va  maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor  B.Xoliqov ochib berdi. Tanlovda Xotin-qizlar Kengash raisi, Ishchi guruh raisi G.Jo‘rayeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi mas’ul xodimi  D.Solixo‘jayeva,  Yakkasaroy tuman hokimining  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D. Shodiyeva, Sharqshunoslik universiteti Xotin-qizlar Kengash raisi Sh. Zaynutdinova, Farmatsevtika taraqqiyot va tadqiqot instituti “Tillar” kafedrasi mudiri S.To‘ychiyeva, Toshkent Arxitektura qurilish instituti Xotin-qizlar kengashi raisi, rektor maslahatchisi F.Kosimova hakamlik qilishdi.  Tanlovda fakultet saralash bosqichida g’olib bo’lgan  8 nafar talaba qizlar o’zaro bellashdilar.  Tanlov 4 shart asosida o’tkazildi. Qizlar  zukkoligi, chaqqonligi, pazandaligi bilan o'zlarini ko‘rsatdilar. Qizlar o’rtasidagi  bellashuv qizg’in tus oldi. Savol-javob shartida qizlar zukkoligini namoyish etgan bo’lsalar, salat tayyorlashda pazandachilikdagi bor mahoratini ishga soldilar. Erkin mavzuda qizlarning raqs, qo’shiq va sahna ko’rinishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi.  
Hakamlar hayʼati hamda universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengash raisi, rektor maslahatchisi f.f.d. Gulnoza Joʻrayeva hamma qizlarning  zukkoligi va qobiliyatlarini eʼtirof etgan holda ularga nominatsiyalar boʻyicha diplomlar va esdalik sovgʻalarini topshirdilar. O’zbek tili  va adabiyoti fakultetining   2-bosqich talabasi Zebo Hakimova “Universitet malikasi” deb topildi.