Yangiliklar

img
Mon, 06/23/2025 - 23:08

Zarina Suyunovaning dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon

2025-yil 30-iyun kuni soat 12:00 da A blokdagi 322-auditoriyada “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda Suyunova Zarina Muzaffar qizining “Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romanida milliy ruh va epik tasvir mutanosibligi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor N. Jabborov.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori, professor U. Rasulova
– filologiya fanlari doktori, dotsent G. Ashurova

Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlar dissertatsiya muhokamasida faol ishtirok etishga taklif etiladilar.