Yangiliklar

img
Fri, 05/10/2024 - 16:43

Zamonaviy sotsiologiya va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlari talabalarning mehnat faoliyati

Sotsiologiya fani ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli bu fan jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi. Jamiyatimizda malakali sotsiologlarga talab yuqori. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham ana shunday talab yuqori bo'lgan kadrlarni tayyorlashga katta etibor qaratilmoqda. Kuni kecha Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan bo'lajak sotsiologlar uchun yana bir muhim davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbati mehmoni sotsiologiya fanlari doktori Xayriniso Xusanova bo'ldi. Olima jamiyatga suv va havodek zarur bo'lgan sotsiolog mutaxassislarni tayyorlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligini qayd etdi. Zamonaviy sotsiologiya va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlari talabalarning mehnat faoliyati jarayonida uchraydigan ko'plab muammolarning yechimlari xususida mulohazalar o'rtaga tashlandi.  Ochiq muloqot tarzida o'tgan tadbirda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob oldilar.