
"Zakovat" intellektual o'yinida ishtirok eting!
Joriy yilning 31-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakultetining kechki ta'lim talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Bahodir Xoliqov ishtirok etdi. Shuningdek, fakultet yoshlar ishlari bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Norquziyev, fakultet o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Akbar Ruziyev hamda "Zakovat" intellektual klubi koordinatori Eldor Saparovlar jarayon kuzatuvchisi sifatida qatnashdi.
"Zakovat" intellektual o'yinida 6 ta jamoa: "Humo", "Qalqon", "Afsona", "Liderlar", "Turon" va "Istiqlol" nomlari ostida bellashishdi. Qizg'in muhokamalarga sabab bo'lgan bahsda "Turon" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, "Zakovat" intellektual o'yini joriy yilning 30-mart kuni O'TA fakulteti kunduzgi ta'lim shaklida ham bo'lib o'tgan edi.