Yangiliklar

img
Wed, 03/30/2022 - 22:37

"Zakovat" intellektual o`yini talabalarda katta qiziqish uyg'otdi

Joriy yilning 30-mart  kuni  Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti tyutorlari Eldor Saparov va Jasur Ibragimovlar boshchiligida "Zakovat" intellektual o`yini tashkillashtirildi.

Fakultet talabalaridan 6 ta terma jamoa tuzilib, "Birinchilar", "Intellekt", "Optimist", "Tanqidchilar", "Kristall" va "The Best" nomlari ostida bellashishdi.

Har bir guruhda 4 tadan ishtirokchi qatnashdi.   Barchani hayajonga solgan mazkur intellektual o'yin auditoriyadagi talabalarni ham o'yga toldirdi.

 Talabalarda katta qiziqish uyg'otgan bahsda "Tanqidchilar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.  

Ma'lumot uchun, zakovat -   sezgirlik, aqllilik, farosat, zakiylik degan ma'nolarga ega bo'lib, o'yinning bunday nomlanishi ham uning tub ma'nosiga borib taqaladi. Zakovat –intellektual oʻyin boʻlib, 2001-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu o'yin rus telekoʻrsatuvi "Nima? Qayerda? Qachon?" oʻyiniga asoslangan holda O'zbekistonga kirib kelgan.