Yangiliklar

img
Sat, 03/16/2024 - 15:13

Yurt obod - ko'ngillar shod

Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.  Har yili Navro'z arafasida, ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etadi. Joriy yilning 16-17-mart kunlari ham yurtimizda xayriya hashari o'tkazilishi belgilandi. Erta tongdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham hashar katta uyushqoqlikda tashkil etildi. 
Universitet hovlisi, binolari va unga yondosh hududlar tozalandi, mevali, manzarali daraxtlar, gul ko'chatlari o'tkazildi, tevarak obod qilindi. 
Bir so'z bilan aytganda, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakl berish ishlari sifatli tashkil etildi.

 

Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.