Yangiliklar

img
Thu, 09/15/2022 - 12:41

Yuqori ko'rsatkichli ilmiy jurnallar uchun maqolalar yozish bo'yicha treninglar davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti yosh tadqiqotchilari uchun o'tkazilayotgan "Yuqori ko'rsatkichli ilmiy jurnallar uchun maqolalar yozish" mavzusidagi trening mashg'ulotlari davom etmoqda. Ushbu mashg'ulotlarda universitetimizning yigirmaga yaqin olimlari malakali trenerlar tomonidan ilmiy jurnalni to'g'ri tanlashdan to maqolani yuqori ko'rsatkichli ilmiy jurnallarda chop etishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni o'rganishmoqda. Dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan e'tirof etiladigan ilmiy bazalarga kirgan nashrlarda maqola chop etish milliy OTMlarimizni jahonning top bilim dargohlari qatoridan o'rin egallashi uchun muhim omil sanaladi. Yosh olimlarimizni jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olinishi, ularning indeksi yuqori bo'lgan nashrlar tahrir hay'atiga qabul qinishi g'oyat katta voqelikdir.  Shuni inobatga olgan holda, universitetimiz tomonidan tadqiqotchilarni o'qitish, bu jarayonga konsalting firmalarini jalb qilish yaxshi samara berishi shubhasiz.