Yangiliklar

img
Wed, 12/13/2023 - 15:30

Yunus Emro nomidagi turk tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda Yunus Emro nomidagi turk tili vamadaniyati markazini ochish bo'yicha takliflar ilgari surilgan edi. Kuni kecha Turkiya Milliy ta'lim vazirining o'rinbosari Jelila Eren O'ktan boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrifda Yunus Emro nomidagi turk tili va madaniyatini ochish bo'yicha aniq takliflar o'rtaga tashlandi. Mehmonlar bilan suhbatda ToshDO'TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov ikki qardosh mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyorligini qayd etdi. 
Mehmonlarga mazkur markazni tashkil etish uchun universitet hududidan ajratiladigan xonalar ko'rsatildi. Qardoshlarimizga takliflar ma'qul bo'ldi. Shuningdek, 2024-yilning yanvar oyida "Turkcha yetarlik sinovi" imtihonlarini aynan ToshDO'TAUda o'tkazishga kelishib olindi. Delegatsiya tarkibida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Turk tili va madaniyati markazida dars berishi kutilayotgan muallimlar ham bo'lib, ularga bu dargoh juda ma'qul bo'lganini mamnuniyat bilan aytib o'tdilar. Har ikkala tomon kelgusidagi rejalarni aniq kelishib oldi va yaxshi yangiliklarga tayyorliklarini bildirishdi.