Yangiliklar

img
Sun, 06/08/2025 - 11:27

Yoshlarning siyosiy savodxonligi

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashUlug‘bek” jamg‘armasida o‘tkazilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Gulnoza Jurayeva ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim sohasidagi islohotlari hamda ularning amaliy natijalari yuzasidan ma’ruza qildi. Unda so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar — o‘quv dasturlarini yangilash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlardagi faoliyat haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar ma’ruzaga katta qiziqish bildirib, mavzuga oid savollar bilan faol ishtirok etdilar.