Yangiliklar

img
Thu, 05/18/2023 - 19:08

Yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga qaratilgan xurujlar

18-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish profilaktika kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida talabalarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘rovonlik va shafqatsizlik g‘oyalariga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi. 
Mamlakat va jamiyat xavfsizligi azaldan davlatning asosiy masalalaridan bo‘lib kelgan. Ayniqsa, keyingi yillarda xavfsizlikni ta’minlash vazifasi dolzarb ahamiyat kasb eta bordi. Chunki dunyo maydonida terrorizm va diniy aqidaparastlik oqimi, buyuk davlat shovinizmi kabi yovuz niyatni ko‘zlovchi oqimlar o‘zga davlatlarning rivojlanishiga tahdid solish va bu orqali dunyoga hukmronlikka erishishga intilmoqda. Jahon miqyosida inson ongi va qalbi uchun kurash shiddat bilan davom etmoqda. Shunday ekan, biz bunday holga aslo loqaydlik bilan munosabatda bo‘lmasligimiz, chuqur bilim va malaka bilan vaziyatni oqilona baholashimiz va qaror qabul qilishimiz, xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini yuqori darajada amalga oshirish darkor deb o‘ylaymiz. Tadbirda Toshkent shahar IIBB XPB katta inspektori va Toshkent shahar OTM ga biriktirilgan profilaktika katta inspektorlari  ishtirok etdi.